G‘o‘za parvarishida samarali nazorat va amaliy yordam
2025-08-13 06:30:00 / Yangiliklar
“Zarbdor 60 kunlik” tadbirlari doirasida Pop tumanidagi “Mash’al” MMTP hududidagi qator fermer xo‘jaliklari holati o‘rganilib, mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan g‘o‘za parvarishi jarayonidagi asosiy yo‘nalishlar — sharbat usulida sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash hamda pishib yetilgan g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyaga tayyorlash ishlari sinchiklab tahlil etildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari mas’ullariga qishloq xo‘jaligi oqsoqollari tomonidan texnikalardan samarali va maqsadli foydalanish, agrotexnik talablarga qat’iy rioya etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.









