Yoshlarni mustahkam oila hayotiga tayyorlash – muhim qadam!
2025-08-01 10:15:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev 1-sonli FHDYO bo‘limida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv kurslari bilan tanishdi.

Uchrashuv doirasida tuman rahbari yaqin kelajakda hayot yo‘lini birga boshlayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi, hayotiy tavsiyalar, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi. Oilaviy munosabatlar, mas’uliyat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat haqida qimmatli mulohazalar bildirildi.
O‘quv kurslari doirasida mutaxassislar tomonidan ajrimlarni oldini olish, sog‘lom munosabatlarni shakllantirish borasida darslar o‘tilmoqda.
Yakunda tuman hokimi yoshlarga sertifikatlar topshirdi.






