Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tog‘ bag‘rida joylashgan Chorkesar qishlog‘ida aholi vakillari bilan uchrashdi.
2025-07-22 10:10:00 / Yangiliklar
Muloqotda viloyat markazidan 95 km. olisda joylashgan ushbu hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Xususan, ko‘p yillardan beri Imon ota mahallasi aholisini o‘ylantirayotgan muammo — toza ichimlik suvi ta’minoti, bolalar bog‘chasi, poliklinika, yo‘l qurilishi masalalari bo‘yicha murojaatlar tinglanib, shu joyning o‘zida yechim topildi.

Viloyat rahbari tomonidan bolalar boqchasi hamda poliklinika uchun aholiga eng qulay va maqbul yer tanlanib, qurilish ishlarini boshlash uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, suv ta’minoti va yo‘l qurilishi bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida mahalla nuroniylari Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bardavom, yurtimizdagi tinch-osuda hayot barqaror bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdilar.







