Yoşlar bandligini taʼminlaş va ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yölida
2026-11-05 13:15:00 / Yangiliklar
Yoşlar kuni munosabati bilan işsiz yoşlar, ijtimoiy reyestrga kiritilgan, kambağallikka tuşiş xavfi mavjud hamda boşqa ehtiyojmand oilalar farzandlarini qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş va daromad manbaini şakllantirişga qaratilgan amaliy işlar olib borilmoqda.

Xususan, kasb-hunarga öqitilgan 39 nafar yoşning egallagan mutaxassisligi böyiça mustaqil faoliyat boşlaşi va özini özi band qilişi uçun PF-193-son Farmoni böyiça zarur asbob-uskunalar ajratildi.
Jumladan:
• 21 nafar yoşga tikuv maşinasi;
• 5 nafar yoşga payvandlaş apparati;
• 13 nafar yoşga kompyuter texnikasi topşirildi.
Mazkur taşabbus yoşlarning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, ularning tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi, bandligini taʼminlaş hamda oilaviy daromadlarini oşirişga xizmat qiladi.
Zero, yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar — ularning munosib kelajagi, jamiyat taraqqiyoti va yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi!
Pop tumani hokimligi Axborot xizmati









