Qishga tayyorgarlik: ko‘mir ta’minoti nazoratda
2026-10-30 11:00:00 / Yangiliklar
Pop tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ko‘mir zaxirasi, aholiga tarqatish jarayoni hamda ijtimoiy soha ob’yektlari uchun mo‘ljallangan DXSH omborlari faoliyati o‘rganildi.

Tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev va tuman prokurori Azizbek Turg‘unov mas’ullarga ko‘mirni aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ayni paytda omborda 3 400 tonna ko‘mir mavjud. Joriy yilda tumanga jami 16 500 tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.
Asosiy maqsad — qishning sovuq kunlarida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash.






