Tashabbusli byudjet — aholi tashabbusi amalda
2026-10-30 10:00:00 / Yangiliklar
Qandig‘on va Marg‘izor mahallalarida «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan tashabbuslar asosida qurilayotgan futbol maydonlaridagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganishda tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev hamda tuman prokurori Azizbek Turg‘unov ishtirok etib, qurilish jarayonlari, ish sifati va loyiha talablariga rioya etilishini ko‘zdan kechirdilar.
Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda maydonlarni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.









