Inklyuziv ta’lim: imkoniyatlar va amaliy tajriba
2026-10-30 08:55:00 / Yangiliklar
Pop tumanidagi 16-umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘nalishida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida maktabdagi korreksion-resurs xonalarining faoliyati, ularning zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik holati hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini yaratish va bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.









