MTTda mavsumga tayyorgarlik va oziq-ovqat ta’minoti o‘rganildi
2026-10-28 09:50:00 / Yangiliklar
Pop tumani Yangi Xo‘jaobod mahallasida joylashgan 56-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda autsorsing tizimi asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, o‘z vaqtida yetkazib berilishi va bolalarning sifatli ovqatlanishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud ishlarni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









