Olis hududlardagi maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
2026-10-27 08:00:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev tumandagi olis hududlarda joylashgan 66- va 74-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida isitish tizimlarining holati, ko‘mir zaxiralari hamda mavsumni betalafot o‘tkazishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









