Mehnat va tadbirkorlik uyğunligi: Ğurumsaroyda non mahsulotlari işlab çiqariş rivojlanmoqda
2026-10-22 15:25:00 / Yangiliklar

2023-yilda öz faoliyatini boşlagan oilaviy tadbirkorlik taşabbusi yildan-yilga rivojlanib, aholi dasturxoniga non va boşqa mahsulotlarni yetkazib beriş bilan birga, yangi iş örinlarini yaratişga ham xizmat qilmoqda.
Korxonada bir kunda 10 qopdan ziyod un va boşqa xomaşyolardan foydalanilib, mahsulotlar işlab çiqariladi. Eʼtiborlisi, tadbirkor öz jamoasidagi 30 nafar işçini iş bilan taʼminlab, ularga muntazam oylik maoş tölab kelmoqda.
Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov korxona faoliyati bilan tanişib, tadbirkorning işlab çiqariş kölamini yanada kengaytiriş böyiça reja va takliflarini tingladi. Uçraşuv davomida mavjud imkoniyatlar muhokama qilinib, tadbirkorlikni rivojlantiriş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
Har bir tadbirkorlik taşabbusi — yangi imkoniyat, har bir yaratilgan iş örni esa oilalar farovonligi sari muhim qadamdir!









