Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
2026-10-19 09:35:00 / Yangiliklar
Obodlik — ajdodlar xotirasiga ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ifodasi.

Pop tumanidagi barcha 93 ta qabristonda obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishlar uchun qariyb 1,5 milliard so‘mlik qurilish materiallari xarid qilingan. Mahallalar ahli ishtirokidagi hasharlar orqali qabristonlar hududlari obod etilmoqda, mavjud infratuzilma yaxshilanib, ziyoratgohlar tartibga keltirilmoqda.
Bu — shunchaki obodonlashtirish emas, balki o‘tganlar xotirasini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash va ezgu an’analarimizni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi xayrli amaldir.
Ezgu niyat, birdamlik va hamjihatlik bor joyda obodlik bardavom!









