Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
2026-10-01 09:50:00 / Yangiliklar
Pop tumanida oilalar, xususan, ehtiyojmand oilalar farzandlarini qoʼllab-quvvatlash, ularning taʼlim olishi va sport bilan shugʼullanishi uchun munosib sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan oilalar va yosh avlodga koʼrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʼamxoʼrlikning amaliy ifodasi sifatida Respublika Nuroniylar boshqaruvi tomonidan tumanda ikki nafardan oʼquvchisi boʼlgan ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 282 dona ikki oʼrinli oʼquvchi parta va stullar hamda 1135 ta sport formasi tarqatildi.
Mazkur amaliy koʼmak farzandlarning taʼlim olishi va sport bilan shugʼullanishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar yaratib, ularni qoʼllab-quvvatlashga xizmat qiladi.






