RAHBAR VA YOSHLAR: MUAMMOGA YeCHIM, TASHABBUSGA QO‘LLOV
2026-09-10 10:55:00 / Yangiliklar
Chig‘anoq mahallasidagi 77-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi.
Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar fikri — e’tiborda, tashabbuslari — qo‘llab-quvvatlanadi, muammolari — amaliy yechimda!









