YOSHLAR KUNI: «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»GA TANTANALI START
2026-09-10 09:50:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Nayman mahallasidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman miqyosidagi «Besh tashabbus olimpiadasi»ning maktab bosqichiga tantanali start berildi.

Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport, ta’lim va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib, barcha yoshlarni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilish, sport va ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi — yoshlar maydonda, iqtidorlar esa e’tiborda!









