Shtab: har bir xonadonga manzilli yondashuv
2026-09-10 07:50:00 / Yangiliklar
Nayman va Qo‘shtepa mahallalarida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida shtab tomonidan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida kambag‘al va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar aniqlanib, ularni ish bilan ta’minlash, daromadli mehnatga jalb etish va oilaviy daromadini oshirish bo‘yicha manzilli vazifalar belgilab berilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va barqaror daromad manbaini yaratish.









