PAXTA-2026: HOSIL — REJADAN YUQORI, VAZIFA — SAMARALI TERIM!
2026-09-10 09:45:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Anvarjon Hakimov, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, MMTP rahbarlari, mas’ul tashkilotlar hamda yig‘im-terim otryadlari rahbarlari ishtirok etdi.
2026 yil hosili uchun 6 829 gektar maydonda chigit ekilib, parvarishlandi. Aprobatsiya natijalariga ko‘ra, 35 311 tonna paxta xomashyosi yetishtirish imkoniyati mavjud.
Endilikda asosiy vazifa — yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatda va sifatli yig‘ib-terib olish.
Buning uchun:
▪️ 64 ta yig‘im-terim otryadi tashkil etildi;
▪️45 ta qo‘l terimi va 19 ta mashina terimi otryadi shakllantirildi;
▪️ 30 ta paxta terish mashinasi mavsumga shay holatga keltirildi;
▪️ joriy mavsumda 6 ta yangi paxta terish mashinasi xarid qilindi;
▪️ 5 493 gektar maydondagi paxtani mexanizatsiyalashgan usulda terib olish rejalashtirilgan;
▪️ terimchilar uchun transport, maxsus jihozlar va zarur sharoitlar to‘liq tayyorlandi;
▪️ 3 ta paxta qabul qilish maskani mavsumga shay holatga keltirildi.
Tumanda markaziy monitoring shtabi va ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, terimchilarni jalb etish, mehnat haqini o‘z vaqtida to‘lash va paxtani qabul punktlariga tezkor yetkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Paxta-2026 — hosilni yig‘ishda mas’uliyat, uyushqoqlik va natija mavsumi!









