Ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish
2026-09-09 10:40:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev Xo‘jaobod mahallasida joylashgan “Namangan Agro Logistika” MCHJ faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida korxonada olma qiyomi ishlab chiqarishni kengaytirish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tayyor mahsulot eksport hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbirkor bilan muloqotda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahsulotning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — ishlab chiqarishni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va tumanning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish.








