Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
2026-09-09 09:40:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish shtabi tomonidan xonadonlarda xatlov ishlari boshlandi.

Dastlab Xo‘jaobod mahallasi «yettiligi» bilan vazifalar muhokama qilinib, kambag‘al va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Maqsad — har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va daromad manbasini yaratish.









