Pop bugun faqat yangilanmayapti — u yangicha qiyofa kasb etmoqda.
2026-09-04 08:10:00 / Yangiliklar
Mahallalarda yangi binolar qad rostlamoqda, ko‘chalar obod bo‘lmoqda, infratuzilma yangilanmoqda. Bu jarayonlar Popni tobora bunyodkorlik va yangilanish markaziga aylantirmoqda.

Tuman mahallasidagi bugungi o‘zgarishlar ham Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Jahon banki mablag‘lari hisobidan 3 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy 59-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.
Yana 10 kilometr ichki ko‘chalar 3,800 mlrd so‘m mablag‘ evaziga asfaltlandi. 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ hisobidan elektr ta’minoti tizimi yaxshilandi.
Mustaqillikning eng ulug‘ tuhfasi — xalq hayotidagi o‘zgarishlar. Popda esa bu o‘zgarishlar kun sayin yangi manzillarda namoyon bo‘lmoqda.









