Tog‘li qishloq — Imon otada ichki ko‘chalar to‘liq asfaltlandi
2026-09-02 10:50:00 / Yangiliklar

Birgina misol — hozirgi kunga kelib mahallada qator dasturlar ijrosi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar ko‘magi hamda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida umumiy uzunligi 34 kilometr bo‘lgan ichki ko‘chalarga to‘liq asfalt yotqizildi. Ayni paytda mahalla aholisi yangi asfalt yo‘llarning chetlarini uyushgan holda betonlamoqda. Bu o‘z navbatida asfalt yo‘llar sifatini oshirish va ularning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
Yana bir e’tiborli jihati — bahor va yoz oylaridagi sel toshqinlarida talafot ko‘rgan omonat ko‘priklar o‘rnida 2 ta mustahkam beton ko‘prik barpo etildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Imon ota mahallasida amalga oshirilgan infratuzilma ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Nuroniylar bu kabi o‘zgarishlar aholi kayfiyatini ko‘tarish, sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidlab, ezgu ishlar boshida turgan muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.









