NAMANGAN VILOYATI HOKIMI «MEHNAT SHUHRATI» ORDENIGA SAZOVOR BO‘LDI
2026-08-22 18:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Namangan viloyati hokimi Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, hududni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda bunyodkorlik va islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi samarali mehnatga berilgan munosib bahodir.
