Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Pop tumani aholisi uchun yana bir quvonchli imkoniyat!
2026-08-22 14:10:00 / Yangiliklar
Pop tumanida arzonlashtirilgan savdolar tashkil etilmoqda. Go‘sht, guruch, yog‘, shakar, sabzavot-poliz mahsulotlari va kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar hamyonbop narxlarda aholiga taklif etilmoqda.

Eng muhimi, bu qulaylik tuman markazi bilan cheklanib qolmayapti. Arzonlashtirilgan savdolar tumanning olis va chekka hududlarida ham tashkil etilib, aholiga bayram arafasida qo‘shimcha qulaylik yaratilmoqda.
Pop tumani hokimligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan savdolar aholi ehtiyojini qondirish va narx-navo barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Bayram shukuhi — har bir xonadonga! Qulaylik va g‘amxo‘rlik — har bir hududga!
Aziz popliklar! Arzonlashtirilgan savdolardan unumli foydalaning!









