DAVLAT TILIGA E’TIBOR — BOSHQARUV SIFATIGA E’TIBOR!
2026-08-20 08:20:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, rasmiy hujjatlarda adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilish, davlat tashkilotlarida o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, zamonaviy va raqamli ish jarayonlarida davlat tilidan to‘laqonli foydalanish, tajriba almashish hamda ish yuritish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Bugungi talab — davlat tilini asrash bilan birga, uni zamonaviy texnologiyalar va raqamli imkoniyatlar bilan uyg‘un ravishda rivojlantirishdir.









