Payshanba — yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-08-20 10:50:00 / Yangiliklar
Pop tumani O‘rta Xonobod mahallasi hududidagi 74-sonli maktabda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Unda O‘rta Xonobod, Yuqori Xonobod hamda Qo‘shminor mahallalari yoshlari ishtirok etdi. Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari yoshlarning taklif va murojaatlarini tinglab, bandlik, tadbirkorlik, yer ajratish, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar bo‘yicha bildirilgan murojaatlarni ijroga qaratdi.
Uchrashuv doirasida xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan ham onlayn muloqot o‘rnatilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va muammolari tinglandi.









