PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI | SPORT KARVONI POPGA YETIB KELDI!
2026-08-20 09:50:00 / Yangiliklar
Bugun Pop tumanida “Sportga e’tibor — kelajakka e’tibor” shiori ostida yoshlar uchun yana bir quvonchli voqea bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan ajratilgan sport jihozlari, anjomlari va sport kiyimlari sertifikatlari tumandagi 1 va 2-sonli sport maktablari yosh sportchilariga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etib, yosh sportchilar bilan uchrashdilar.
Bu e’tibor — yoshlarning yangi g‘alabalari, ulkan marralari va yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarishi uchun yana bir muhim qadamdir.









