DIQQAT E’LON
2026-08-18 13:55:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 2026 yil iyun-dekabr oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabuli o‘tkaziladi.

Qabullar haftaning belgilangan kunlarida, soat 10:00 dan 13:00 gacha amalga oshiriladi.
Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va murojaatlar yuzasidan qabullarda ishtirok etishlari mumkin.
📍 Manzil: Pop tumani Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi binosi
Murojaatingiz e’tibordan chetda qolmaydi. Birgalikda yechim topamiz!
