Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
2026-08-13 12:50:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan tumandagi 50-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, oshxona va kutubxonaning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktabda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham atroflicha o‘rganildi.
Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay, zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va aniq topshiriqlar berildi.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va katta marralar sari qadam!









