Payshanba — Yoshlar kuni: sog‘lom yoshlar, yangi imkoniyatlar!
2026-08-13 11:40:00 / Yangiliklar
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Istiqlol mahallasida joylashgan “Time Fitness” fitnes zalida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

Tashrif davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayoni ko‘zdan kechirildi.
E’tiborlisi, mazkur fitnes zali tadbirkor yosh tomonidan yo‘lga qo‘yilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.









