Chig‘anoqda bunyodkorlik — yangi qiyofa sari
2026-08-12 08:15:00 / Yangiliklar
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida Chig‘anoq mahallasida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev tomonidan o‘rganildi.

Hududda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, mahallani zamonaviy va obod maskanga aylantirish, aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad aniq — Chig‘anoqning bugunidan ertangi qiyofasini bunyod etish!









