Pop tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli Iskovut mahallasida o‘tkazildi
2026-07-29 14:10:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev Iskovut mahallasida bo‘lib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va muammolarni atroflicha tingladi.

Muloqot davomida fuqarolar asosan bandlik, elektr ta’minotini yaxshilash, yer ajratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish kabi muhim masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.
Har bir murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga ijro uchun topshiriqlar berildi. Bir qator masalalar esa joyidagina ijobiy hal etildi.









