Temir yo‘l atroflari obod va xavfsiz hududga aylanmoqda
2026-07-28 08:10:00 / Yangiliklar
Pop tumanining 32 ta mahallasi va MMTP hududlari orqali o‘tuvchi temir yo‘l muhofaza zonalarida tartib va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.

Amalga oshirilayotgan asosiy tadbirlar:
Tozalik va tartib: Temir yo‘l atroflari turli chiqindilar hamda noqonuniy qurilmalardan to‘liq aritilmoqda;
Standartlarga moslashtirish: Hududdagi tadbirkorlik ob’yektlari shaharsozlik va xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirilmoqda;
Zamonaviy qiyofa: Eskirib qolgan devorlar o‘rniga mustahkam va zamonaviy himoya to‘siqlari o‘rnatilmoqda.









