Pop tumanida «Zarbdor 30 kunlik»: Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlik va samaradorlik sari
2026-07-28 06:05:00 / Yangiliklar

Pop tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, yerlardan samarali foydalanish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish orqali mo‘l hosil zaminini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman bo‘ylab «Zarbdor 30 kunlik» aksiyasi yo‘lga qo‘zilib, soha mutaxassislari, fermerlar va soha mas’ullari ishtirokida jadal ishlar olib borilmoqda.
«Zarbdor 30 kunlik» doirasida quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilmoqda:
Agrotexnik tadbirlar: Qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul muddatlarda va sifatli parvarishlash, qator oralarini ishlov berish va oziqlantirish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.
Suv resurslaridan samarali foydalanish: Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, sug‘orish ishlarini suv tejamkorligi va tungi sug‘orish qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etish ta’minlanmoqda.
Texnika va resurslar safarbarligi: Mavsumda ishtirok etayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining uzluksiz va samarali ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Mutaxassislar tavsiyalari va nazorat: Har bir hudud va fermer xo‘jaligiga soha mutaxassislari biriktirilib, o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish hamda agrotexnik talablarni to‘g‘ri bajarish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Tashkil etilgan ushbu «Zarbdor 30 kunlik» tadbirlari tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini sezilarli darajada oshirishga, mavsum ishlarini betalafot va o‘z vaqtida yakunlashga xizmat qiladi.







