Pop tumani hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-28 09:00:00 / Yangiliklar
Xalq qabulxonasi binosida Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning turar joy, elektr sim yog‘ochlari, yo‘l ta’miri, sog‘likni tiklash, moddiy yordam kabi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.





