Pop tumani hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-25 09:25:00 / Yangiliklar
Xalq qabulxonasi binosida Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning turar joy, yer masalalari hamda sud-huquq holatlariga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.






