Popda temir yo‘l atroflari obodonlashtirilmoqda
2026-07-24 08:30:00 / Yangiliklar
«Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida Pop tumani hududi bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalikni ta’minlash tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, tuman hududidan o‘tgan 32 ta temir yo‘l hamda MMTPlar atroflarini namunali holatga keltirish va estetik qiyofasini yaxshilash bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar belgilab olingan.
Jarayonda nuroniylar va faollar ishtirokida aholi o‘rtasida tozalikni saqlash bo‘yicha tushuntirish uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Keng jamoatchilik ko‘magida temir yo‘l atroflari chiqindi va begona o‘tlardan tozalanib, tartibga keltirilmoqda.








