IIV QOROVUL QO‘SHINLARIDA “QO‘MONDON KUBOGI” o‘z g‘oliblarini aniqladi!
2026-07-25 10:30:00 / Yangiliklar
Pop tumanidagi 7552-harbiy qism mezbonlik qilgan “Milliy kurash” bo‘yicha musobaqaning final bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Xasan Batirov hamda Pop tumani hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqa harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va milliy sportimizni rivojlantirishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Xizmatdagi intizom va maydondagi shijoatni birlashtirgan ushbu bahslarda eng kuchli va mahoratli harbiy xizmatchilar saralandi!
Bellashuvda ishtirok etgan barcha harbiy polvonlarimizga qat’iyat va jasorat uchun tashakkur bildiramiz!









