Pop tumanida viloyat hokimi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-23 11:30:00 / Yangiliklar
Payshanba - Yoshlar kuni munosabati bilan bugun Pop tumanida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirokida "Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda viloyat va tuman darajasidagi korxona-tashkilot rahbarlari, yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Ochiq va muhokamalarga boy o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan kadastr, bandlik va tadbirkorlik sohalariga oid 16 ta murojaat ilgari surildi.
Muloqot yakunlariga ko‘ra, 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 6 ta murojaat bo‘yicha muddatli chora-tadbirlar belgilanib, viloyat «Yo‘l xaritasi»ga kiritildi va ijrosi nazoratga olindi.
Viloyatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bu kabi ochiq muloqotlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.









