Yoshlarga ajratilgan yerlar — yuqori daromad va farovonlik manbai
2026-07-23 10:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli 153-sonli qarori ijrosi doirasida Pop tumani "Olmazor" mahallasidan 27 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz yoshlarga 15 sotixdan (jami 4,05 gektar) ekin maydoni 30 yil muddatga ajratib berilgan edi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugungi payshanba — yoshlar kuni tadbirlarini ushbu hududdan boshladi.
Bu yerda yer maydonlaridan unumli foydalanayotgan yoshlar bilan bevosita uchrashib, samimiy suhbatlashdi.
Ayni paytda yoshlar ajratilgan maydonlarga ikkinchi ekin sifatida makkajoʻxori ekib, parvarishlashmoqda. Mirishkor yigit-qizlarning har biri ushbu mavsumning oʻzidayoq 10 million soʻmdan oshirib daromad olishni maqsad qilgan.
Viloyat rahbari yoshlar tashabbusi va mehnatsevarligini eʼtirof etib, ularga kelgusi ishlarida zafarlar va moʻl hosil tiladi. Oʻz navbatida, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, ayniqsa, "Bir kontur—bir mahsulot" tamoyili asosida ish tashkil etish lozimligini taʼkidladi.






