Popda jazirama issiqqa qarshi «soatbay» salqinlik tadbiri davom etadi!
2026-07-15 11:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 13–17 iyul kunlari kuzatiladigan anomal issiq (44–46°C) munosabati bilan Pop tumanida aholiga qulaylik yaratish choralari kuchaytirildi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan kommunal xizmatlar tomonidan markaziy va gavjum ko‘chalarga har soatda maxsus texnikalar yordamida tizimli ravishda suv sepilmoqda.
Maqsad: Havo haroratini yumshatish, yo‘llardagi changni bosish va yashil hududlarni saqlab qolish.
Eslatma: Jazirama kunlarida zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni va salomatligingizni asrashni so‘raymiz. Biz siz uchun salqinlik yaratishda davom etamiz!









