Korrupsiya - taraqqiyotga qarshi jinoyat!
2026-07-13 15:40:00 / Yangiliklar

8) 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligi belgilandi;
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (1), firibgarlik (2) uchun hukm qilingan va yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan, shuningdek, takroran yoki xavfli residivist bo‘la turib yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish (3), pora berish (4), pora olish-berishda vositachilik qilish (5) jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan.
9) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga har bir davlat organi va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha jinoyatchilik statistikasi, amaliyot tahlili, aholining munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati samaradorligi kabi ma’lumotlar aks ettiriladi.
10) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, hududiy kengashlarning maqomi va vazifalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga
8 ta yangi vazifalar belgilandi.
Unutmang, Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi!
