Popda «qizil» mahallalar nazoratga olinmoqda
2026-06-30 09:00:00 / Yangiliklar
Namanganning 33 ta «qizil» toifadagi mahallalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida IIV va viloyat IIB rahbariyati Pop tumanida mahalla «yettiligi» va profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB sohaviy xizmat xodimlari, mahallalarga biriktirilgan profilaktika inspektorlari hamda mahalla "yettiligi" vakillari ishtirok etdi.
Muhokama davomida, tuman hududlarida to‘liq xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish, oilaviy nizolar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mahallalardagi vaziyatni doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.









