Namanganda 27-iyun - matbuot va OAV xodimlari kuni keng nishonlandi
2026-06-27 14:30:00 / Yangiliklar
Bayram munosabati bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyat huquqni muxofaza qiluvchi idoralar rahbarlari bugun Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi.

Bir piyola choy bahona bayram dasturxoni atrofida media sohasi vakillari eʼzozlandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov dastlab muhtaram Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, sohaning bir guruh faxriylari va faollariga viloyat hokimining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda Prezidentimiz tomonlaridan sohaga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va uning samarasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida viloyat sanʼat ustalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.









