Popda “Prokuror va yoshlar uchrashuvi”
2026-02-20 12:20:00 / Yangiliklar
Pop tumanining Istiqbol mahallasi hududidagi 3-sonli texnikumda yoshlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi: “Prokuror va yoshlar”.

Uchrashuvda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sh.Musayev, viloyat hokimining o‘rinbosari O.Bozorov, Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatovlar ishtirok etdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va murojaatlari bilan yuzlanib, huquqiy masalalar, imkoniyatlar va kelajak rejalari haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, tadbir davomida Prezidentimizning yoshlarga berayotgan imtiyoz va imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi, ularning ilmiy, ijtimoiy va madaniy faoliyatida qo‘llaniladigan yangi imkoniyatlar ta’kidlandi.
Uchrashuv natijasida yoshlar huquqiy savodxonlik va faollikka bo‘lgan qiziqishi ortib, kelajakda faol va mas’uliyatli avlod bo‘lib o‘sishiga xizmat qiladi.









