“Sog‘lom hayot – yoshlar tanlovi: Biz giyohvandlikka qarshimiz!”
2026-02-20 11:15:00 / Yangiliklar

Festival doirasida yoshlarning intellektual salohiyati va jismoniy imkoniyatlarini namoyon etishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini, “Stritbol”, “Armrestling” va “Vorkaut” musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tdi. “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi esa ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi va sog‘lom hayotga bo‘lgan qat’iy munosabatini namoyon qildi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida mutaxassislar tomonidan profilaktik suhbat va amaliy maslahatlar o‘tkazilib, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Festivalda viloyat va tuman hokimligi, prokuratura organlari vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Tadbir yoshlarni birlashtirgan, ularni sog‘lom va faol hayot sari chorlagan muhim islohotbop tashabbus sifatida katta ahamiyat kasb etdi.









