Korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2026-02-20 10:10:00 / Yangiliklar
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, davlat idoralari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, shuningdek jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shundan so‘ng bozorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalari faoliyatlari o‘rganildi. Raqamlashtirish, elektron poliklinika tizimlari, oziq-ovqat mahsulotlari va autsorsing xizmatlari baholandi. Aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi va tegishli tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi.








