Ramazonning birinchi kuni — saxovat va baraka bilan boshlandi!
2026-02-19 11:10:00 / Yangiliklar
Pop tumanida muborak oyning ilk kuni ezgu amallar bilan yodda qoldi. Inson qadri, mehr va saxovat ustuvor bo‘lgan ushbu kunda ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Pop tumani hokimligi hamda POP CITY MALL hamkorligida o‘zgalar parvarishiga muhtoj va nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Eng quvonarlisi, aholimiz ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, tinchligimzga va Yurtboshimiz haqiga samimiy duolar qilishdi. Bu kabi xayrli ishlar jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkam ekanini ko‘rsatadi.









