Sayyor qabul — murojaatga joyida yechim
2026-02-18 14:55:00 / Yangiliklar
Qandig‘on mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Qandig‘on hamda Yangiobod mahallalari aholisi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqib, ularni ijroga yo‘naltirdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan mas’ullarga joyiga chiqib o‘rganish, muammolarni chuqur tahlil qilish hamda aniq va samarali yechimlar ishlab chiqish zarurligi qat’iy ta’kidlandi.
Bunday sayyor qabullar aholi dardini tinglash, muammolarni joyida hal etish va davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









