Eksport salohiyatini oshirish — ustuvor vazifa
2026-02-18 09:40:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev joriy yilda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, ayniqsa eksportga yo‘naltirilgan tashabbuslar ijrosi bilan tanishdi.

Hududiy investisiya dasturi doirasida qiymati 698,9 mlrd so‘mlik 75 ta loyihani amalga oshirish va 1232 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning muhim qismi eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.
Jumladan, zamonaviy issiqxona kompleksisida “Ping Paradox” navli ko‘chatlar yetishtirilmoqda. Joriy mavsumda 250 tonna hosil olish va mahsulotni Yevropa davlatlariga 1 kg uchun o‘rtacha 3,5 AQSH dollaridan eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Reja to‘liq amalga oshirilsa, qariyb 875 ming AQSH dollari miqdorida eksport tushumi ta’minlanadi. Bu esa Pop tumanining eksport salohiyatini mustahkamlash, valyuta tushumlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Pop tumani hokimligi Axborot xizmati









