Muqaddas Ramazon nafasi — Kichik Xo‘jaobod jome masjidida o‘zgacha tarovat
2026-02-17 20:00:00 / Yangiliklar
Muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi bilan Pop tumanidagi Kichik Xo‘jaobod jome masjidi hududi yanada fayz va tarovatga to‘ldi. Masjid atrofi gullarga burkanib, turfa rangdagi navnihol va manzarali gullar ekilib, masjid hududi ko‘zni quvontiradigan go‘zal maskanga aylantirildi.

Bu go‘zallik — yurtdoshlarimizning ezgu niyati, mehnati va muqaddas oyga bo‘lgan ehtiromining yorqin ifodasidir. Ramazonning barakasi har bir xonadonga, har bir qalbga nur va fayz olib kirsin.









