VIRTUAL FIRIBGARLAR
2025-10-30 09:55:00 / Yangiliklar

VIRTUAL FIRIBGARLAR
Xushnur MAQSUDOV,
Piskent tumani prokurori
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2025 yilning 9 oyida Piskent tumanida axborot texnologiyalari sohasida 132 ta jinoyat sodir etilgan. Shundan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 53 ta, 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan 79 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularning aksariyati ayblanuvchi shaxs aniqlanmaganligi sababli fosh etilmasdan, JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan to‘xtatilgan.
Jinoyatlarni fosh etish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari jalb qilinib, Piskent tumani prokuraturasi va tuman IIB huzuridagi TB bilan hamkorlikda olib borilgan tergov-tezkor va texnik tadbirlar natijasida mazkur toifadagi jinoyatlarning oltitasi fosh etildi.
Jumladan, 2025 yil 12 aprelda Piskent tumani Suvti mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 76-uyda yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan T.H. tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Unda “Telegram” messenjeridagi “A1024 rabochaya gruppa” nomli guruhga obuna bo‘lib, ushbu guruhdagi “Olcha” internet do‘konini rivojlantirish va daromad ko‘rish maqsadida guruh rahbari hisoblangan “Lusiya” nomli akkaunt egasi unga tashlab bergan plastik kartalarga 2025 yilning 9 aprelidan 12 aprelgacha jami 56 mln 100 ming so‘m pulni o‘tkazib berib, aldanib qolganini ma’lum qilib, pulini qaytarib olishda yordam so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan 22 aprelda Piskent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi shaxs aniqlanmaganligi munosabati bilan JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan to‘xtatilgan.
Mazkur jinoyatni fosh etish maqsadida jabrlanuvchi T.H. pul tashlab berilgan plastik karta kimga tegishliligi va pul aylanalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bank siri bo‘lgan hujjatlarni olish haqida qaror chiqarilib, “Ipoteka” bankidan ma’lumotlar olindi.
Ushbu ma’lumotlarga asosan T.H. Qirg‘iziston fuqarolari U.N., A.A. va O‘zbekiston fuqarolari U.S. hamda M.R.ning plastik kartalariga pul o‘tkazganligi aniqlangan. Shundan so‘ng bu fuqarolarning “Binance” kriptobirjasidan foydalangan-foydalanmaganligini aniqlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i nomidan “Binance” kriptobirjasiga so‘rov yuborildi.
Bir haftadan so‘ng “Binance” kriptobirjasidan javob xatlari olindi. Jabrlanuvchi T.H. plastik kartalarga pul o‘tkazgan vaqt bilan plastik karta egalari “Binance” kriptobirjasida pullarni elektron pulga ayirboshlagan vaqt solishtirilganda U.S. plastik kartasiga tushgan pulga o‘sha vaqtning o‘zida kriptobirja orqali USDT (AQSh dollari ekvivalenti) sotib olganligi va ushbu elektron puldan 7 668 USDTni fuqaro O.A.ning “Binance” akkauntiga hamda 1 686,84 USDTni fuqaro X.H.ning “Binance” akkauntiga o‘tkazganligi aniqlangan.
Shundan keyin U.S., X.H. va O.A. tergovga jalb qilinib, so‘roq qilinganda U.S. o‘zining “Binance” akkauntini notanish shaxsga 100 AQSh dollariga sotganligini, X.H. va O.A. “Binance” kriptobirjasida elektron pullarni ayirboshlash bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
X.H.ning “Redmi-14” rusumli telefoni ashyoviy dalil tariqasida olinib ko‘zdan kechirilganda, u plastik kartalaridan mobil ilovalar orqali foydalanganligi aniqlandi. O.A.dan “Binance” kriptobirjasida foydalanib kelayotgan “Ipak yo‘li” banki plastik kartasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olindi.
X.H. va O.A. ishga gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi. X.H.ning “Binance” akkaunti tekshirilganda, u mazkur akkaunt orqali 2024 yil 10 iyuldan 2025 yil 26 mayga qadar jami 360 mln 831 ming 245 so‘mga teng bo‘lgan 27 832,4 USDTni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan noqonuniy shug‘ullanib, O‘zbekistonda taqiqlangan kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlangan.
Nozim Abdulla, [30/10/2025 09:55]
O.A.ning “Binance” akkaunti tekshirilganda, u ushbu akkaunt orqali 2025 yil 20 martdan 23 maygacha jami 234 mln 536 ming 472 so‘mga teng bo‘lgan 18 047 USDTni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan noqonuniy shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ldi.
Jinoyat ishi bo‘yicha X.H. va O.A.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tumani sudiga yuborildi.
Bundan tashqari, 2025 yil 9 iyun kuni Piskent tumani Qo‘lota mahallasi Qo‘lboshi ko‘chasi 48-uyda yashovchi R.E. tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2025 yil 2 iyun kuni otasi S.A.ning nomida bo‘lgan “Xalq banki” plastik kartasidan noma’lum shaxs 3 mln 268 ming 36 so‘m pulini yechib olganini ma’lum qilib, bu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan 19 iyunda tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi shaxs aniqlanmaganligi munosabati bilan jinoyat ishi JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan to‘xtatilgan.
Mazkur jinoyatni fosh etish maqsadida jabrlanuvchi S.A.ning plastik kartasidan pulni kim va nima maqsadda ishlatganini aniqlash uchun bank siri bo‘lgan hujjatlarni olish haqida qaror chiqarilib, “Xalq banki”dan ma’lumotlar olindi.
Unga ko‘ra S.A.ning plastik kartasidan pul “Click” elektron hamyoniga yo‘naltirilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Click” to‘lov operatoriga so‘rov yuborilib, elektron hamyon 1997 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati Davlatobod tumani Orzu mahallasi Obod ko‘chasi 170-uyda yashovchi J.T.ning nomiga rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
Shundan so‘ng J.T. gumon qilinuvchi tariqasida tergovga jalb qilinib, uning “iPhone-16” rusumli telefoni JPKning 140-moddasiga asosan ko‘zdan kechirilganda, qurilmada “Click” mobil ilovasi mavjudligi, unda esa J.T.ning elektron hamyoni borligi ma’lum bo‘ldi. U S.A.ning plastik kartasidan o‘g‘irlangan pul yo‘naltirilgan hamyon bilan bir xil ekanligi aniqlanib, jinoyat fosh etildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha J.T.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tumani sudiga yuborilgan.
Kiberjinoyatlarni fosh etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
BUGUNNING GAPI
Hukumat qaroriga binoan endi yuk transportlari ruxsatsiz yoki belgilangan me’yordan ortiq yuk bilan yursa, yo‘l qoplamasiga yetkazgan zararini qoplaydi.